#uchrashuv
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov boshchiligidagi mas'ul rahbarlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chirchiq shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Isayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi va unda bir qator muhim masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Xususan, universitetda o‘rganilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilinib, aholi bilan hududda sayyor qabullarni tashkil etish, ulardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi va shaxsiy qabullarini o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash hamda hujjatlar aylanishini doimiy nazorat qilish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.