#talaba_yutuqlari
⚽️Xabaringiz bor joriy yilning 5-12 fevral kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.
✅Ilk bor tashkil etilgan ushbu qit’a birinchiligida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi fianl uchrashuvida Indoneziya jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etib, qit’a chempionligini qo'lga kiritdi va birinchi 🥇chempion sifatida tarixga kirdi.
🌟O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi uchun quvonarli tomoni ushbu g‘alabaga oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Zafar Nosirov ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
👏👏Amputant futbolchilarimiz safida matonat bilan to‘p surgan talabamizga ofarin!