MAGISTRATURA BOʻLIMI
Oʻzbekiston respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish maqsadida 2000-yilda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti qoshida magistratura taʼlimi tashkil etildi.
Dast avval boʻlim Aspirantura va magistratura boʻlimi deb ochildi va unga Lobar Malikovna Abdurahmonova (2000-2002) rahbar etib tayinlandi. Shundan soʻng koʻp yillar davomida boʻlimga biologiya fanlari nomzodi Xasan Abdusamatovich Musayev (2002-2003), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Toʻychiboy D Boytoʻrayev (2003-2004), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mars Narziyevich Umarov (2004-2005), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Yunus Yusupovich Aripov (2005-2007), Aziz Toxirovich Shermuxamedov (2012-2018), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Dilnoza Nigbayevna Raxmatovalar (2018-2021) boʻlimni boshqarib kelganlar. 2001-yilning aprel oyidan boʻlimni boshqarish masʼuliyati pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Baxrom Baxtiyorovich Musayevga topshirilgan.
2000-yilda magistraturaga ilk bor 13 nafar bakalavr darajasiga ega boʻlgan abituriyentlar oʻqishga qabul qilingan. Bu magistrant talabalar institutning “Milliy va xalqaro kurash”, “Sport va milliy oʻyinlar”, “Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish” kafedralariga biriktirilgan.
Bugungi kunda magistratura boʻlimida 353 nafar magistr talabalar tahsil olmoqda. Magistratura talabalari orasida 2016-yilda Brazilyaning Rio de janeyro shaxrida boʻlib oʻtgan XXXI yozgi olimpiada oʻyinlari chempionlari va sovrindorlari Fazliddin Gʻoibnazarov, Shaxobiddin Zoirov, Shaxram Gʻiyosov, Murodjon Axmadaliyev, Bektemir Meliqoʻziyev, boks boʻyicha Osiy va jaxon chempionlari Boxodir Jalolov, Nodir Mirzaxmedov, Bobousmon Boturov, Erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha Olimpiada oʻyinlari ishtirokchilari, Osiyo va jaxon chempionati gʻolib va sovrindorlari Dilshod Mansurov, Nurbek Xolmuxammadov, eshkak eshish sport turi boʻyicha Osiyo oʻyinlari gʻolibi Shaxboz Xolmirzayev, Dilnoza Raxmatova, dzyu-do sport turi boʻyicha koʻplab xalqaro gran-pri turnirlar gʻolibasi Diyora Keldiyorova, katta tennis boʻyicha bir qator nufuzli chempionatlar gʻolibi Farrux Dustov kabi respublikamiz va dunyo arenalarida yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarolgan, davlatimizning yuksak mukofotlari “Mard oʻgʻlon”, “Zulfiya”, “Oʻzbekiston iftixori” koʻkrak nishonlari sohiblari boʻlgan sportchi talabalar ham taʼlim oladi.
Magistr talabalar ish olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning mavzulari yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimini hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talaba yoshlarining jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati sohasidagi muammolarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan.
Magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlikni universitetimizning yetakchi professor-oʻqituvchilari hamda soha amaliyotiga yaqin boʻlgan, respublikamiz va dunyo miqyosida tan olingan ustoz murabbiylar, sportchilar, sport tashkilotlari rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislar amalga oshiradilar.
Magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchilari bugungi kunda respublikamizning sohaga tegishli boshqaruv organlari, sport tashkilotlari, sport turlari federatsiyalarida raxbarlik qilib oʻzlarining ilmiy-uslubiy maslaxatlarini berib kelmoqdalar. Undan tashqari respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida dars berib ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelmoqdalar. Ush bu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sport muammolari ustida keng qamrovli ishlar olib borildi. Sohaga tegishli ilmiy muammolarni oʻrganish maqsadida respublikaning oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Izlanishlardan olingan natijalar eʼlon qilingan ilmiy maqolalar, uslubiy va oʻquv qoʻllanmalar hamda tadqiqotchilarning magistrlik dissertatsiyalarida oʻz aksini topdi.
2021-2022 oʻquv yilidan boshlab magistraturaga 8 ta mutahassislik boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi, bular:
5А610501- Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha);
5А220101- Jurnalistika: sport jurnalistikasi;
5А230201- Menejment (Jismoniy tarbiya va sport menejmenti);
5А230201- Menejment (yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish hamda boshqarish);
5А230401- Marketing (sport marketingi);
5А210201-Psixologiya (sport);
r-y - Adaptiv sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport;
r-y - Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.
MAGISTRATURA BO'LIMI BOSHLIG'I
Musayev Baxrom Baxtiyarovich
Telefon:+998 (90) 322-46-72
E-mail: b.b.musayev@gmail.com
METODIST
Maxkambayev Atxam Xatamovich
Telefon: +998 (99) 815-18-15
METODIST
Rasulov Asqar G'afforovich
Telefon: +998 (97) 477-66-46
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi