KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Markaziy Osiyodagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi. Dastlab Institut 1955-yilda tashkil etilgan. 1958-yilda Boks, kurash va og‘ir atletika kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib kafedra mudiri lavozimiga Yu.I. Sirotkin dastlab ish yuritib borgan. Kafedraning o‘qituvchilari va bitiruvchilari safida hozirgi kunga qadar pedagogika fanlari doktori va professor ilmiy unvoniga ega insonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan: Sh. A. Abdullaev, G. B. Abdurasulova, V. Alekseenko, Sh.N. Zokirov, Z.T. Kosimbekov, A. Rafikova, I. Sadriddinov, M.I. Sidikov, F.K. Turdiev, V.N. Shin, A. A. Kodirov, R. A. Maksumov, X. I. Muxammedov, B. N. Nazarov, T. Polatov, I.Y. Shamsematov, A.S. Gelyagen, (boks), K.A. Tojieva, O.A. Zaburnyagin,L.I. Efremova, P. A. Kutelnas, V. Mixaylov, E.N. Sokolova, N.A. Fetisovalar (qilichbozlik) kafedrada uzoq yillar o‘z faoliyatini olib borganlar. Kafedraga 2008-yildan boshlab Taekvondo mutaxassisligi qo‘shilganligi munosabati bilan kafedra nomi “Boks, qilichbozlik, taekvondo nazariyasi va uslubiyati” deb nomlandi. 2017-yil Prezident qarori bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga Universitet maqomi berilgandan so‘ng kafedra nomi “Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” deb nomlandi.2021-yilga kelib kafedra nomi “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” deb nomlandi. Bunga sabab Taekvando sport ixtisosligi Karate yo‘nalishi bilan birlashib alohida kafedra bo‘lib shakillandi, bundan tashqari Kikboks ixtisosligi “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tarkibiga qo‘shildi.
2023-yil sentyabr oyidan "muay tay" sport turi qo‘shilganligi sababli kafedra "Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi deb qayta nomlandi. Ushbu o‘quv yilida kafedrada professor-o‘qituvchilari tarkibi 26 nafarni tashkil etib shundan: 5 nafari professor, 1 nafari v.b. professor, 3 nafari dotsent, 1 nafari v.b. dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi va 11 nafari o‘qituvchilardan iborat. Hozirgi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar yuqori salohiyatga ega bo‘lib, unda fan doktorlari, prof. R. D. Xalmuxamedov, S. S. Tajibayev hamda professorlar, T.M. Qilichev, V.D. Anashov, Sh.S. Dilmurodov,dotsentlar: G‘.Q. Rajabov, Q.A. Umarov, G‘.R. Matkarimov, dotsent v.b.:R.N. Abduxamidov, katta o‘qituvchilar: Q.S. Abdullaev, Sh.K. Karimov, M.Y. Ergashev, R.K. Gafurov, o‘qituvchilar: Sh.B. Xudoyberdiyev,F.K. Qilichev, R.T. Ro‘zioxunov, I.I. Akramov, S.S. Eshpo‘latov, N.N. Abduxamidov, Sh.R. Nizamova, Sh.X. Badalova, A.Sh. Qahhorjonov, Sh.U. Nabiyev hamda F.X. Orifjonov faoliyat keldilar.
2026-2027 o‘quv yilidan boshlab kafedra tarkibiga Taekvondo, qilichbozlik kik-boks, muay-tay sport turlari qo‘shilib kafedra nomi Yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi deb nomlandi. Hozirgi kunda yangi kafedra tarkibida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar, professorlar, fan doktorlari, dotsent ilmiy unvoni hamda fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar.Kafedra mustaqil davlatlar hamdo‘stligi jismoniy tarbiya institutlari turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Kelajakda kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida ilmiy-tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ilmiy-tadqiqot labaratoriyasini yaratish rejasi mavjud. Yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi respublikamizga yuksak salohiyatga ega bo‘lgan munosib kadrlarni tayyorlash bilan birgalikda kafedra tasarrufida ko‘plab olimpiyada, jahon va Osiyo chempionlari tahsil olib kelmoqdalar.

KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI

Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar ro’yxati

Professor: Qilichev To’lqin Mahmurovich
E-mail: qilichevtolqinboxing@gmail.com

O‘qituvchi: Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich
E-mail: r.ruziaxunov@gmail.com

Dotsent: Rajabov G‘ulomjon Qurbonboyevich
Ilmiy unvoni: Dotsent
Ilmiy darajasi: p.f.b.f.d. (PhD)
E-mail: gulom_1979@mail.ru

Dotsent: Matkarimov G‘ayrat Rahimberganovich
E-mail: garrimatkarimov@icloud.com
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR



