KAFEDRA TARIXI
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sportni boshqarish va kasbiy fanlar” fakulteti tarkibidagi “Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bazasida 1958 yili tashkil etilgan bo‘lib, kafedraning birinchi rahbari A.M.Muhamedovdir. 1959 yildan 1962 yilgacha V.G. Sharov kafedrani boshqargan.
1962 yildan 1971 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.E. Lebedyanskaya “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. U respublikamizda birinchi bo‘lib o‘quv jarayoniga “Sport psixologiyasi” fanini kiritdi, mazkur fan bo‘yicha ta’lim berish yuzasidan metodologik asosni ishlab chiqdi, kafedraning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. L.E.Lebedyanskayaning mehnati samarasi natijasida yuksak malakali mutaxassislar hamda murabbiy-o‘qituvchilar guruhi yetishib chiqdi.
1972 yildan 1978 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.A.Yaxyarov kafedrani boshqardi. 1978 yildan 2012 yilgacha bir necha tanaffus bilan pedagogika fanlari nomzodi, professor Z.G.Gapparov, 1986-1987 va 2001-2003 yillari biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Tursunova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritdilar.
2011- 2012 o‘quv yilida psixologiya fanlari nomzodi U.D. Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan.
2012 – 2013 o‘quv yilidan buyon psixologiya fanlari nomzodi, dotsent D.N. Arzikulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tashkil etilgan davrdan beri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F.N.Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I.R.Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.A. Azimov, N.I. Ivanova, U.S.Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar U.D. Qodirov H.T.Mahmudova, O.E.Hayitov, o‘qituvchilar Z.T. Sayitmetova, L.L. Kurishkina, T.P. Predibaylo, D.B. Vaxobova, D.R.Qudratova, D.B.Qosimova, Sh.Sh.Usmanova, G.S.Alixodjaeva, Yu.B. Rahimboeva, Z.P. Rasulov talaba-yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg‘or an’analarni davom ettirishga munosib hissa qo‘shdilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriat bosqich talabalariga “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya tarixi”, “Sotsial psixologiya”, “Sport psixologiyasi”, “Sport psixodiagnostikasi”, “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “Psixologiya va sport psixologiyasi”, “Ontogenez psixologiyasi”, “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi”, “Mehnat psixologiyasi”, “Oila psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Etnopsixologiya”, “Kasb ta’lim metodikasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” kabi fanlaridan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga “Menejment psixologiyasi” fani bo‘yicha ta’lim berib kelishmoqda. Shu bilan birga kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tinglovchilariga ham ma’ruzalar o‘qishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 500 dan ortiq darslik, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ilmiy maqola va tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan.
Kafedrada 2009 yili 5210200 – Psixologiya (sport) bakalavr yo‘nalishi ochildi. Hozirgi kunda 117 nafar talaba mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olmoqda. Kafedra tashkil bo‘lgandan buyon 1 nafar o‘qituvchi pedagogika fanlari bo‘yicha PhD nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda kafedra o‘qituvchilaridan 3 nafari PhD dissertatsiyasi, 2 nafari DSc dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Turli sport federatsiyalari bilan shartnomalar tuzib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo‘nalishda maslahatlar berish, psixokorreksion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.
Kafedra faoliyatidagi yutuqlar. O‘tgan davr mobaynida talabalarimiz ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan:
- 2013 yilda Mo‘minova Nafisa Alisherovna shaxmat bo‘yicha Respublikada birinchilardan bo‘lib FIDE tomonidan ayollar o‘rtasida “Halqaro grossmeyster” unvoni, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston iftixori” fahriy unvoniga sazovar bo‘ldi.
2016 yilda Normirzaeva Gavhar Nurali qizi “Ibn Sino” nomidagi davlat stepindiyasiga sazavor bo‘ldi.
- Botirov Doston Rustamovich Suvga sakrash sporti bo‘yicha Moskva viloyatida o‘tkazilgan ochiq chempionatda 298,45 natija bilan 1-o‘rinni egalladi.
- Kunishov Sirojiddin, Qaxramonova Moxinur, Axmedov Doniyor, Axmadov Dilshod, Shodibekov Hamdam, Popov Georgiy, Baratov Nomozlar ham Respublika va jahon chempionatlarida ishtirok etib nufuzli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedra tasarrufidagi “Psixologiya” laboratoriyasida zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida PSI-10, SENXRO kabi psixodiagnostik tashxis dasturlari ishlab chiqildi. Sportning og‘ir atletika, kurash, belbog‘li kurash, futbol, yengil atletika, suzish federatsiyalari bilan shartnomalar tuzilib, bugungi kunda sportchilarning individual psixologik xususiyatlarini psixodiagnostik tashxisdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
KAFEDRADA O‘QITILAYOTGAN FANLAR BO‘YICHA MA’LUMOT
Kafedra to‘garaklar. Iqtidorli talabalar bilan “Yosh pedagog-psixologlar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur to‘garak ikkita “Pedagogika” hamda “Psixologiya” yo‘nalishlarida, o‘zining qat’iy tuzilgan ish rejasi asosida samarali tashkil etilib kelinmoqda.
Kafedra faxrlari. N.A. Yahyorov, L.Ye. Lebedyanskaya, F.N. Nasriddinov, A.A. Azimov, N.I. Ivanova, Z.G. Gapparov M.A. Tursunova, Z.T. Sayitmetovalardir.
“SPORT PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
PROFESSOR – O‘QITUVCHILARI HAQIDA
MA’LUMOT
Maxmudov Azam Muxtorovich
Psixologiya bo‘yicha (PhD)
E-mail: uzdjti-psixologiya@s-link.uz
Telefon: 99-821-56-16
Gapparov Zoxid Gapparovich
Pedagogika fanlari nomzodi, professor
Telefon: 98-305-19-42
https://www.facebook.com/Zohid Gapparov
Arziqulov Dilshod Ne’matovich
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
E-mail: uzdjti-psixologiya@s-link.uz
Telefon:99-839-29-01
arzikulov.70@mail.ru
Klimenko Irina Viktorovna
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 90-186-15-08
https://www.facebook.com/Klimenko Irina
Ishtaev Javlon Mavlonboevich
Pedagogika buyicha (PhD) falsafa doktori
Telefon: 97-711-15-71
https://www.facebook.com/Javlon Ishtaev
Xaitov Abror Uralovich
Katta o‘qituvchi
Telefon: 90-168-05-65
E-mail:abrorhaitov@mail.ru
https://www.facebook.com/Abror Hayitov
Do‘sanov Noryigit Ernazarovich
Katta o‘qituvchi
Telefon: 99-871-76-81
https://www.facebook.com/Noryigit Dusanov
Usmanova SHaxlo SHavkatovna
Katta o‘qituvchi
Telefon: 93-381-21-51
E-mail:usmanova sh@rambler.ru
https://www.facebook.com/Shahlo Usmanova
Xaydarov Farxod Irnazarovich
Katta o‘qituvchi
Telefon: 99-819-50-82
E-mail:haydarov-82@inbox.ru
https://www.facebook.com/Farhod Haydarov
Yoqubova Dilafruz Mirjabborovna
Katta o‘qituvchi
Telefon: 94-424-20-80
dilafruz88@mail.ru
https://www.facebook.com/Yoqubova Dilafruz
Zotova Yelena Alekseevna
Katta o‘qituvchi
Telefon:90-970-20-48
Yelena @mail.ru
https://www.facebook.com/ Yelena Alekseevna
Qurdoshev Behzod Fazliddinovich
Katta o‘qituvchi
Telefon:90-964-56-95
bekzod@mail.ru
https://www.facebook.com/ Qurdoshev Behzod
Xalmatov Tursunmurad Baxadirovich
O‘qituvchi
Telefon: 98- 210 -99 - 09
tursimurod@mail.ru
https://www.facebook.com/XalmatovTursunmurad
Sirliev Erkin Nazarovich
O‘qituvchi
Telefon: 00-128-84-84
erkin@mail.ru
https://www.facebook.com/ Sirliev Erkin
Tadjibaeva Shoxista Mamatqulovna
O‘qituvchi
Telefon: 97- 107 -01 - 08
Shoxista@mail.ru
https://www.facebook.com/ Tadjibaeva Shoxista
Kokkozova Janar Janabaevna
O‘qituvchi
Telefon 99-796-05-85
Janar @mail.ru
https://www.facebook.com/ Kokkozova Janar
Muxiddinova Umida Asomiddin qizi
O‘qituvchi
Telefon: 97- 545 -62 - 36
Umida @mail.ru
https://www.facebook.com/ Muxiddinova Umida
Nazarova Zilola Xayrullaevna
O‘qituvchi
Telefon: 91-137-35-25
Zilola @mail.ru
https://www.facebook.com/ Nazarova Zilola
G‘afforov Nosirjon Nodirjon o‘g‘li
O’qituvchi
Telefon 99-166-62-60
Nosirjon @mail.ru
https://www.facebook.com/ G‘afforov Nosirjon
Nazarov Davron Baxtiyor o’g’li
O’qituvchi
Telefon 94-402-40-04
Davron @mail.ru
https://www.facebook.com/ Nazarov Davron
Saitxodjaev Zufar Xusan o‘g‘li
O’qituvchi
Telefon 93-568-85-55
Zufar @mail.ru
https://www.facebook.com/ Saitxodjaev Zufar
Mavlanov Donyor Ergash o‘g‘li
O’qituvchi
Telefon 93-714-84-94
Donyor @mail.ru
https://www.facebook.com/ Mavlanov Donyor
Uzoqov Azizbek Hoshimjon o‘g‘li
O‘qituvchi
Telefon: 97- 545 -62 – 36
Azizbek @mail.ru
https://www.facebook.com/ Uzoqov Azizbek
Kafedrada bakalavriat talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi:
KAFEDRANING MAHALLIY VA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
Kafedra Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitet hamda Belorussiya davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan aloqa qilib kelmoqda
Magistratura va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgandan buyon kafedrada yangi fanlarni o‘qitish joriy etila boshlandi. Jumladan: Magistratura mutaxassisligida “Menejment psixologiyasi” fanlari o‘qitilib kelinayotgan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining “Sport o‘yinlari”, “Yakkakurash”, “Ko‘pkurash” va “Sportni boshqarish va kasbiy fanlar” fakul’tetlarida “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi”, “Psixologiya va sport psixologiyasi” fanlari o‘qitilmoqda.
Kafedrada olib boriladigan o‘quv ish me’yoriy hujjatlari Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilib borilmoqda. Kafedrada o‘tilayotgan barcha fanlar bo‘yicha ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlaridan o‘quv materiallari mavjud bo‘lib, ular OO‘MTV tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar asosida tayyorlangan.
Tayyorlangan o‘quv materiallarining elektron variantlari universitet kutubxonasida mavjud bo‘lib, talabalar foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kafedrada shu kunga qadar 20 ga yaqin darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan va foydalanish uchun universitet ARM da mavjud.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan adabiyotlar:
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi