KAFEDRA TARIXI
1957 yilda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasiga asos solindi. Uning dastlabki mudiri E.F.Ishchenko edi.Kafedra faoliyat yuritgan davrlar mobaynida unga etakchi pedagog-olimlardan p.f.n., dotsent K.F.Bakuniene, p.f.n., dotsent I.M.Kolotilova, p.f.n., dotsent K.M.Mahkamjonov, p.f.n., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor YU.M.YUnusova, p.f.n., dotsent R.M. Matkarimov, p.f.d., professor F.A.Kerimov, p.f.n. O.V.Goncharovalar rahbarlik qilgan. 2016 yil noyabr oyidan kafedrani p.f.n., dotsent D.X. Umarov boshqarib kelmoqda.
1960 yildan boshlab, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1967 yilda uning tarkibi N. Zisman, L. Polyakova, B. Roytburg singari tajribali o`qituvchilar bilan to`ldirildi. Kafedraga 1960 yildan 1967 yilga qadar boshchilik qilgan p.f.n. K. Bakuniene uning shakllanishi va rivojiga katta hissa qo`shdi. Ilk bor “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fanidan ma’ruzalar o`zbek tilida o`qitila boshladi. Turli yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Godik (1967-1969), biologiya fanlari nomzodi, dotsent YU. YUnusova (1972-1984) rahbarlik qilgan. Bu davr mobaynida kafedra rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. Kafedrada p.f.d., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor T.T.YUnusov, b.f.n., professor YU.M.YUnusova kabi etakchi soha mutahassislari, shuningdek, yuqori malakali pedagoglar – S.R.Daurenova, E.YU.Daurenov, M.A.Mirodilov, L.Polyakova, E.Tarasova, SH.X.Isroilov, N.M.Atamuxamedovalar faoliyat ko`rsatdilar.So`nggi yillarda bakalavr mutaxassisligida “Kasb taьlimi” va “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” yo`nalishlari tashkil etilganligi sababli talabalar soni birmuncha oshdi hamda jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o`qituvchilari tarkibi ham boyidi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi PF-5368-son farmoni ijrosi yuzasidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi, hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi nomi “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb o`zgartirildi. Kafedrada o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to`g’ri yo`lga qo`yilganligi sababli bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, kafedra tomonidan muntazam ravishda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va amaliyoti” fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi.2017 yilda kafedra katta o`qituvchisi M.Mirjamolov dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. SHuningdek, 2017 yilda yilda kafedra katta o`qituvchisi e.Raxmanov Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining “Xizmat ko`rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo`yicha 2017 yil uchun “Mutaxassislik bo`yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo`ldi. Kafedra professori, p.f.d. F.A.Kerimov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi farmoniga binoan "Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va seminar mashg`ulotlar olib borilmoqda
Bugungi kunda magistrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda:
PROFESSOR O’QITUVCHILAR TARKIBI:
Kafedra professor- o‘qituvchilarining tayanch ma’lumoti, ilmiy daraja va ilmiy unvonlari, ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada 22,5 shtat mavjud, ulardan asosiy shtatda 1 nafar kafedra mudiri, 1,25 nafari professor, 5 nafari dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 11,5 nafari o‘qituvchilar lavozimida faoliyat olib borishmoqda.
Umarov Djamshid Xasanovich
Kafedra mudiri, p.f.n., professor
e-mail: j.umarov@uzdjtsu.uz
Kerimov Fikrat Azizovich
Kafedra professori, p.f.d.
e-mail: f.kegimov@uzdjtsu.uz
Goncharova Olga Viktorovna
Kafedra dotsenti, p.f.n.,
e-mail: o.goncharova@ uzdjtsu.uz
Raxmatova Dilnoza Nigbayevna
Kafedra dotsenti, p.f.n.
e-mail: d.raxmatova@ uzdjtsu.uz
Xolmurodov Laziz Zarifboyevich
Kafedra dotsenti, PhD.
e-mail: l.xolmurodov@uzdjtsu.uz
Tojiyev Muzaffar Arbarovich
Kafedra dotsenti, PhD.
e-mail: m.tojiyeve@uzdjtsu.uz
Raxmanov Eldor Tolibjonovich
Kafedra dotsenti.
e-mail: e.raxmanov@uzdjtsu.uz
Chastoyedova Anna Yuryevna
Kafedra dotsenti
e-mail: a.chastoyedova@uzdjtsu.uz
Salixova Gulsara Xasanovna
Kafedra katta o’qituvchi
e-mail: g.salixova@uzdjtsu.uz
O’tashev Xasan Nematullayevich
Kafedra katta o’qituvchi
e-mail: x.o’tashev@uzdjtsu.uz
O’rinboyev Eldor Abdurasulovich
Kafedra katta o’qituvchi
e-mail: e.o’rinboyev@uzdjtsu.uz
Bobomurodov Abdurafiq Egamurodovich
Kafedra katta o’qituvchi
e-mail: a.bobmurodov@uzdjtsu.uz
G’ofurov Baxodir Xoshimovich
Kafedra o’qituvchi
e-mail: b.gofurov@uzdjtsu.uz
Rajabov Sardor Sa’dullayevich
Kafedra o’qituvchi
e-mail: r.sardor@uzdjtsu.uz
Qurbonov Xurshid Xolliyevich
Kafedra o’qituvchi
e-mail: x.qurbonov@uzdjtsu.uz
Arabov Husan Sodiq o’g’li
Kafedra o’qituvchi
e-mail: h.arabov@uzdjtsu.uz
Kurbanova Nafosat Sadullayevna
Kafedra o’qituvchi
e-mail: n.qurbonova@uzdjtsu.uz
Irnazarova Viktoriya Leonidovna
Kafedra o’qituvchi
e-mail: v.irnazarova@uzdjtsu.uz
Muradov Farxat Maxmudjanovich
Kafedra o’qituvchi
e-mail: f.muradov@uzdjtsu.uz
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi