Joriy yilning 5-8 noyabr kunlari Xorazm viloyatida sportning stol tennisi turidan “Universida – 2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari munosib ishtirok etdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, ishtirokchi jamoalarning har biri musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganliklari, ularning bellashuvlar davomida chaqqonlik va mohirlik ila amalga oshirgan harakatlarida namoyon bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin: Andijon viloyati;
2-o‘rin: Namangan viloyati;
3-o‘rin: Navoiy va Toshkent viloyati jamoalari.
Musobaqaning so‘nggi kunida esa sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining diplomi hamda tashkiliy qo‘mitaning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.