Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universtetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tomonidan o‘z sohalari bo‘yicha bilimi, salohiyati bilan uzoq yillar davomida mehnat qilgan, har jihatdan boy tajribaga ega faxriy ustozlarimizning bosib o‘tgan yo‘llari, ilmiy faoliyatidagi yutuqlar sirini yoshlarga ulashish mqasadida tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet tarkibidagi kafedralar mudirlari, professor-o‘qituvchilar va faxriy ustozlar hamda talablar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida bir qator yoshi ulug‘ustozlar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni o‘z kasbini sevish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish kabi yuksak tushunchalarni doimo yodda tutishlarini ta’kidlab o‘tishdi.
Yakunda esa faxriy ustozlarga shogirdlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshrildi.