Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Futbol fakulteti tashabbusi bilan olima va ijodkor ayollar ishtirokida yoshlarning ilm-fan hamda ilmiy faoliyatdagi o‘rnini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalari, ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti professori T.Xurvaliyeva, universitetning Maktabgacha ta’lim fakulteti dotsentlari Z.Teshaboyeva, R.Nosirova, “Chirchiq tongi” gazetasi mas’ul kotibi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi S.Musayeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida olima ayollarimiz tomonidan talaba-yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, egallayotgan sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda tinmay harakat qilishlari lozimligi kabi muhim yo‘nalishlarda fikrlar-mulohazalar bildirildi va maslahatlar berildi. Shuningdek, inson hayotda o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, unga erishsh yo‘lidagi to‘siqlarni qanday qilib yengish to‘g‘risida videorolik ham namoyish etildi.
Bu esa o‘z navbatida talabalar uchun ilm cho‘qqilarini zabt etib borishda yaxshigina motivatsiya bo‘ldi.