Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya, sport sohasidagi muammolar, yеchimlar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori F.Kerimov, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchi olimlar qatnashdi.
Anjuman davomida bir qancha ishtirokchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini o‘rgatish, paralimpiya bo‘yicha sportchilar tayyorlash tizimi muommolari va ularni bartaraf etish yo‘llari, mashg‘ulotlarning turli bosqichlarida sportchilar uchun ovqatlanishni tashkil etish kabi mavzularda taqdimotlar qilindi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining ilmiy-amaliy muammolari hamda bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan ham fikr mulohazalar bildirildi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur ilmiy-amaliy anjumandagi mavzular dolzarbligi, uning qizg‘in munozaralarga boy o‘tishini ta’minladi.