Bugun, 28-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟠Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda universitet rektori Rashid Matkarimov so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
🎤Bayram tadbirining badiiy qismida O‘zbekiston xalq hofizi Soibjon Niyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shermat Xo‘janiyazov, xushovoz xonanda Rasulbek Abdurahmonov tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🥋Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 2-sonli akademik litseyning “BURGUTLAR” jamoasi tomonidan amaliy qo‘l jangi bo‘yicha namoyishlar taqdim etildi.
✨Ustoz va murabbiylar — yosh avlodga bilim, tarbiya va hayot saboqlarini berib, kelajak poydevorini bunyod etuvchi fidoyi insonlardir.
😃Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!