Ayni damda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalar almashinuvi dasturi asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan 20 nafar talabalar oliygohimizda bo‘lib turishmoqda.
Dastlab talabalar universitetning 2-sonli TTJga joylashtirildi va tashrif davomida ularga ta’lim mussasasining sport majmualari, o‘quv auditoriyalari va rahbariyat jamoasi tanishtirildi. Shundan so‘ng, Nukus filiali talabalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zDJTSU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Babajanov, Nukus filiali fakultet dekani R. Shaniyazov hamda barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbirda universitetda talabalar uchun yaratilgan va yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Shu o‘rinda, Nukus filiali talabalari ushbu almashinuv dasturi orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga kelganligidan xursandligi, ularga bildirilgan ulkan ishonchni oqlashga so‘z berib, universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Yakunda esa talabalarga universitet Axborot resurs markazidagi kitoblar hamda elektron kutubxona xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.