Xabaringiz bor, bu yilgi dzyudo bo‘yicha 35-Jahon chempionatiga aynan bizning yurtimiz mezbonlik qilmoqda.
Eng ahamiyatli jihati, mazkur chempionatdagi jarayonlar davlatimiz rahbarining ham eʼtiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Jumladan, vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov shaxsan Prezidentimiz tomonidan taqdirlandi.
Bugun esa mana shunday g‘alabaga hamohang ravishda Sportchilar oilasining vakili va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining jasur talabasi Muzaffarbek To‘raboyev yana bitta oltin medalni hadya etdi!
Qadrli Muzaffarbek To‘raboyev Sizni mazkur g‘alabangiz bilan chin dildan muborakbod etaman! Sizdagi shijoat, tezkorlik, oliy maqsadlar sari dadil qadam bosishingiz, eng muhimi Ona Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usining yuksakligi, o‘ylaymanki, atrofingizdagi barcha tengdoshlaringizga namuna bo‘la oladi!
Hech qachon Sizni mana shunday oliyjanob xislatlar tark etmasin va hamisha universitetimiz hamda O‘zbekistonimizning faxri bo‘lishdek ulkan baxtga sazovor bo‘lib yuring!
Shu o‘rinda Sizni oqil va mard qilib tarbiyalagan ota-onangiz, o‘zlarining beminnat taʼlim-tarbiyasini berib kelayotgan murabbiylaringizga mingdan ming rahmat aytib qolaman!
Yana bir bora erishgan ushbu beqiyos g‘alabangiz qutlug‘ bo‘lsin Muzaffarbek!
Mahmudjon Boltabayev,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor.