O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeriteti, Sport o‘yinlari fakultetining Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar uchun “Sport mening do‘stim” shiori ostida voleybol sport turidan to‘garak tashkil etildi.
Mazkur to‘garak haftaning dushanba, chorshanba hamda juma kunlari o‘tkazilib, uni tashkil etishdan asosiy maqsad mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada kengaytirishdan iboratdir.