Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Parlimpiya fakultetida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar uchun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi ilmiy metodik ta’minlash va innovatsion rivojlantirish department direktori A.Mursoqulov, direktor o‘rinbosari O.Shodiyev, universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Axmedov, fakultet dekani O.Dadaboyev, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.Mirjamalov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar davomida qo‘mita vakillari tomonidan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi faoliyati, undagi mavjud sport klublari to‘g‘risida taqdimot qilindi. Shuningdek, talabalarni paralimpiya sport turlariga to‘g‘ri va samarali yo‘naltirish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Seminar yakunida esa talabalar tomonidan turli savollar yo‘llanishi bilan birga, amaliyot hamda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator grand loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi.