Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti, triatlion yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Triatlion Federatsiyasi Bosh kotibi Elena Kun ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda mutaxassis tomonidan sportning triatlion yo‘nalishini yanada ommalashtirish, rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok va g‘alabalarni oshirish, shuningdek, bu sport turi bo‘yicha viloyatlarda ham seksiyalar ishini yo‘lga qo‘yish hamda talaba-yoshlarning triatlion sporti bilan muntazam shug‘ullanishida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda federatsiya doimo ko‘maklashishga tayyor ekanligi kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.
Tadbir yakunida talabalar mutaxassisga bir qancha qiziqarli savollari bilan murojaat qilib, ijobiy javoblarni olishdi.