Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Pan Аmerika qilichbozlik konfedratsiyasi prezidenti Vitaliy Logvin, Аfrika qilichbozlik konfedratsiyasi prezidenti Mbagnik Ndiaye hamda vittse-prezidenti Novak Perovich, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnara Saidova hamda universitet rahbariyati jamoasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalqaro qilichbozlik akademiyasi bilan hamkorlikda yangi o‘quv darsliklarini yaratish, birgalikda konferensiya va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda turli grant loyihalarini jalb qilish yuzasidan o‘zaro kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida esa mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
O‘zDJTSU axborot xizmati