Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida jismoniy madaniyat, sport sohasida ilmiy-tadqiqot yangiliklarini xalqaro darajaga ko‘tarish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida “Universitet sporti: millat salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning XI Xalqaro anjumani o‘z faoliyatini boshla
Xalqaro anjumanga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Moldaviya, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkiya, Ruminiya kabi xorijiy davlatlardan 40 nafarga yaqin mehmonlar tashrif buyurgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2001-yildan buyon Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.
Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Assotsiatsiyasi Prezidenti Kayrat Zakiryanov, Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari A.Aslonov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltabayev, chet el oliy o‘quv yurtlari rektorlari, prorektorlari, yosh olimlari, talabalari va 100 nafardan ortiq mahalliy yosh olimlar, mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etishmoqda.
Dastlab konfrensiya doirasida universitet Talabalar madaniyat saroyida kitoblar, ilmiy ishlanmalar va patentlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Jarayonlarni bizdan uzoqlashmagan holda birgalikda kuzatishda davom eting!
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy