Shu kunlarda universitetimiz og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musoboqasiga mezbonlik qilmoqda. Jarayonlarning yanada qizg‘in bo‘lib borishi esa barchani birdek ushbu musobaqani kuzatishga chorlayapti.
Eng quvonarli jihati, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalari birin-ketin g‘oliblikni qo‘lga kiritishmoqda.
Xususan, erkaklar o‘rtasida 81 kg vazn toifasida qatnashgan og‘ir atletika yo‘nalishi talabasi Toshtemirov Muxammadqodir dast ko‘tarishda 151 kg, siltab ko‘tarishda 186 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 325 kg toshni ko‘tarib musoboqa chempioni bo‘ldi. Yana bir talaba-sportchimiz Zafarjanov Sarvarbek dast ko‘tarishda 155 kg, siltab ko‘tarishda 190 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 345 kg toshni o‘ziga bo‘ysindirib, musoboqaning mutloq chempioniga aylandi!
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00 da nafaqat universitet, balki butun O‘zbekiston faxri bo‘lgan Osiyo va jahon chempioni, Tokio 2020 olimpiada sovrindori Akbar Jo‘rayev ko‘plab yutuqlari qatoriga yana bir g‘alabani kiritish uchun bahsga kirishadi!
O‘ylaymizki, siz bunday qiziqarli lahzalarni o‘tkazib yubormaysiz!