Bugun “InnoWeek.uz-2022” hududiy innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasining Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahrida o‘z ishini boshladi.



Unda oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, “startap” loyihalar mualliflari, tadbirkorlar va yoshlar innovatsion mahsulotlari, texnologiya va ishlanmalari bilan qatnashmoqda. Shu qatorda ular o‘zlariga biznes sheriklar topish, hamkorlik shartnomalarini imzolash, shuningdek, xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish kabi ko‘pgina imtiyozlarga ega bo‘lishadi.
Eng ahamiyatli jihati, ko‘rgazmada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bir qator professor-o‘qituvchilari ham o‘zlarining “Voleybolchilarning sakrovchanligini aniqlovchi uskuna”, “ZS” (Zafar Sarvar-sport uskunasi) kurashchilarning muvozanat saqlash qobiliyatini rivojlantiruvchi uskuna”, “Sportchilarning psixomotor reaksiyalarini aniqlash uchun kompyuter dasturi”, “Yakkakurashchi zarbalarini o‘lchashga mo‘ljallangan dasturli apparat majmuasi”, “Adaptiv moslama yordamida gimnastikachilarni xalqada bajariladigan mashqlarga o‘rgatish uslubiyati doirasida yaratilayotgan “Gym” va “Gym-Pro-1” trenejyorlari”, “SPORK” kurashchilarning portlovchan kuch qobiliyatini o‘lchovchi uskuna” singari ilmiy tadqiqot loyihalari va innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.


Ham sportda ham ilmda fidoiylik ko‘rsatayotgan universitetimiz professor- o‘qituvchilariga ofarin deb qolamiz!