Kuni kecha Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan yillik kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilgan triatlon sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada unversitetimizning Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining triatlon yo‘nalishidagi talabalari ham ishtirok etishdi va g‘oliblar safidan joy oldilar.
Unga ko‘ra, 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘tasida faxrli 1-o‘rinni 2-bosqich talabasi Umarov Ikromxon, katta yosh toifasidagi erkaklar o‘ritasida esa 2-o‘rinni 1-bosqich talabasi Bo‘riyev Axmad egalladi.
Ko‘rsatayotgan natijalaringiz tahsinga sazovor aziz talabalar!