Joriy yilning 12-17 sentyabr kunlari universitetimizda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi shuningdek, 17-21-sentabr kunlari Olimpiya va Paralimpiya zahiralari kollejlari va olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatini o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ahamiyatlisi shundaki, quyidagi musobaqalarda nazariy bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash maqsadida “Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining yosh o‘qituvchilari musobaqa hakami sifatida shuningdek, 1-bosqich talabalari yordamchi-assistent bo‘lib to‘liq tarkibda ishtirok etishadi.
Ushbu musobaqada Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va rekordchilari Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev, Konya-2021 g‘olib va sovrindorlari to‘liq tarkibda bahslarga kirishadilar. Terma jamoamizning nomdor vakillari bilan munosib raqobat olib boradigan 320 ga yaqin atletlarimiz ishtiroki kutilmoqda.
Barchangizni mazkur nufuzli musobaqada kutib qolamiz !!!