Joriy yilning 27-avgust kuni OʻzDJTSU hamda Bolgariyaning Vasiliy Levskiy nomidagi milliy sport akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Zarifboyev, Xalqaro hamkorlik boʻlim boshligʻi Sh.Toshturdiyev, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti N.Svetlichnaya hamda Akademiyaning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalari bo`yicha prorektori Tatyana Yancheva mazkur oliygohda xizmat safarida bo’lib turgan O’zDJTSU futbol fakulteti dekani D. Ismagilov ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini o’rnatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sport turlari bo‘yicha bilimlarni almashish, talabalar almashinivuni yoʻlga qo‘yish takliflari eshitildi. Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha fikr almashdi.
Ma’lumot uchun, Vasiliy Levskiy nomidagi milliy sport akademiyasida 70 dan ortiq sport turlari va mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Ushbu oliygohga 1942 yil asos solingan bo’lib, joriy yilning dekabr oyida o’quv yurtining 80 yillik yubileyi nishonlanadi.