Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida yangi o‘quv yiliga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan kengaytirilgan tartibda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida universitet rektori, professor M.Boltabayev yangi 2022 – 2023 o‘quv yiliga har bir xodim mas’ulyat bilan yondashishlarini alohida ta’kidlab, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan maqsadli ishlar va boshqa masalalar yuzasidan fikrlar bildirdi va tegishli topshiriqlar berdi.
Yig‘ilish so‘ngida esa barchani kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qoldi!