Joriy yilning 16 – 17-avgust kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Jarayon davomida Suhbat komissiyasi a’zolari kelib tushgan 23 ta arizaga muvofiq, abituriyentlarning sport faoliyatiga oid bilim darajalarini savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazib borishdi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, mazkur jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11- yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida amalga oshirildi.