#Qabul2022
Xabaringiz bor shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida abiturentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev universitetida mehmon bo‘ldi.
Mehmon universitetda bo‘lib o‘tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini kuzatdi. Adaptiv jismoniy tarbiya sport turiga topshirgan abiturientlar bilan yaqindan suhbat qurdi hamda ularga omad tiladi.
Tashrif davomida universitet rektori, professor Maxmudjon Boltabayev Muxtorxon Tashxodjayev bilan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, ayniqsa iqtidori bo‘lgan imkoniyati cheklangan shaxslarni katta sportga jalb qilish va bu vazifalarni amalga oshirishda sport murabbiylarning ishtirokini ta’minlashning ahamiyatli jihatlari hamda sohaga oid ko‘plab dolzarb mavzular borasida suhbatlashdilar. Shuningdek, mehmon universitetda imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sport zallari bilan tanishtirildi.