Xabar berganimizdek, xorij safarida bo‘lib qaytgan universitet delegatsiyasi joriy yilning 22-iyun sanasida Litva Respublikasining, Druskininkay shahrida joylashgan Litva sport markazi faoliyati bilan tanishgan edi. Yana shunday tashrif bilan vakillarimiz Litva poytaxti Vilnyus shahridagi Vilnyus universitetiga ham borib, u yerda universitet tasarrufidagi sportchilarni reabilitatsiya qilish va davolash kafedrasi (tibbiyot klinika) bilan tanishib qaytdi.
Tashrif davomida kafedra professorlari va xodimlar bilan ushrashuv tashkil etilib, Sport tibbiyoti kafedra mudiri, doktor Ieva Laucevicene, Jismoniy tarbiya reabilitatsiya kafedrasi mudiri Svetlana Lenickiene va klinikaning yetuk mutaxassislaridan biri tibbiyot fanlari doktori, professor Juozas Raistenskislar mazkur tibbiyot o‘quv maskani bilan qisqacha tanishtirdi. Unga ko‘ra, bu oliy dargoh 6 yillik bakalavriyat va 4 yillik magistratura ta’limini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Sport tibbiyoti talabalari va o‘qituvchilari Litva Paralimiya qo‘mitasi bilan birgalikda muntazam ish olib borib, musobaqalarda terma jamoa tarkibida o‘z amaliyotlarini o‘taydi. Reabilitatsiya kafedrasining esa Litva hududida 3 ta filiali mavjud bo‘lib, u hududlarda sport kardiologiyasi, psixologiyasi va kinzaterapiyasi bo‘yicha olimpiya terma jamolari bilan amaliyot olib boradi. Ahamiyatli jihati, kafedralarda faoliyat yuritayotgan 80 % o‘qituvchi fan nomzodi (PhD) ilmiy unvoniga ega.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, Vilnyus universiteti QS World University Rankings reytingida 421-o‘rin (2021-yil), 20 mingdan ortiq talabalar talabalar tahsil oladi, 900 nafardan ortiq fan doktorlari faoliyat olib borishadi hamda oliygohda 1 nafar Nobel mukofati sohibi yetishib chiqqan.