Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalarining yakuniy final bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning aprel oyidan boshlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning yengil atletika, voleybol, stritbol, stol tennisi, shashka va Workout turlari bo‘yicha Respublika final bosqichlari barcha hududlarda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, yengil atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi “B” va “C” liga musobaqalariga Toshkent viloyati mezbonlik qilmoqda.
Bugun Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tli. Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslonov, Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov ishtirok etib, bo‘lajak musobaqa qatnashchilariga omad tilashdi.
Musobaqalarga Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov ham tashrif buyurib, ishtirokchilar bilan dildan suhbatlashdi.
Taʼkidlash kerak, Toshkent viloyatida 3 ta yosh toifasida (16-21, 22-26, 27-30) yengil atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Respublika bosqichi musobaqalari ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun: yengil atletika musobaqasida umumiy hisobda 500 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda.