#Xushxabar
#talaba_yutuqlari
Shu kunlarda Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Ahamiyatli jihati, mazkur musobaqa ishtirokchilari orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakultetining taekvondo WTF yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Charos Qayumova ham yurtimiz sharafini munosib himoya qildi!
53 kg vazn toifasida musobaqa finaliga qadar yetib kelgan va ushbu bosqichni jarohat bilan o‘tkazgan Ch.Qayumovaga biroz omad yetishmadi. Eronlik raqibi Nahid Kiyanichandehga 0:2 hisobida g‘alabani qo‘ldan boy berib, Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi!
Ma’lumot uchun, Ch.Qayumova o‘z ishtirokini chorak finalda boshlagan edi. Bu bosqichda taypeylik Xuang Shix Yuanni – 2:0 ga taslim etib, yarim finalda esa Saudiya Arabistonlik Dunya Abu Talebni ham – 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.