#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet rektori M.Boltabayev rahbarligidagi delegatsiya ayni kunlarda xorij safarida bo‘lib turibdi.
Navbatdagi tashrif bilan vakillarimiz joriy yil 21-iyul kunining ikkinchi yarmida Litva sport universiteti tarkibidagi Sport va innovatsiyalar tadqiqot institutida bo‘ldi.
U yerda institut rahbari professor Sigitas Kamandulis bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida mehmonlarga jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar, yuqori malakali sportchilar uchun mashg‘ulot jarayonida foydalaniladigan texnik asboblar tanishtirildi. Ta’kidlash kerakki, sportchilar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida foydalaniladigan mobil labaratoriyalar, atletlarning sakrash kuchini o‘lchab beradigan BTS bioengineering hamda zamonaviy biomech apparatlari vakillarimizda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, labaratoriya xodimlari tomonidan zamonaviy texnikalarni qanday ishlatilishi va kunlik me’yorlari haqida tushunchalar berildi.
Tashrif so‘nggida esa Litva Sport va innovatsiyalar tadqiqot instituti bilan hamkorlikda faoliyat olib borish masalalari kelishib olindi.