Xabar berganimizdek ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M. Boltabayev, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti direktori R. Matkarimov, universitet Xalqaro hamkorlik boʻlim boshligʻi Sh. Toshturdiyev, “Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri I. Karimovlar ayni kunlarda Latviya Respublikasida xizmat safarini amalga oshirmoqda.
Tashrif asnosida joriy yil 20-iyun kuni, kunning ikkinchi yarmida vakillarimiz Riga shahrida joylashgan Latviya sport ta'limi akademiyasida boʻldilar. Akademiya jamoasi mehmonlarni iliq kutib oldi. Ushbu akademiya rektori Juris Grants, ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha prorektor Janis Zidens hamda o‘quv faoliyati prorektori Andra Fernate ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda kelgusidagi o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ilmiy tadqiqot faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari bo'yicha kelishuvga erishildi hamda Ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shundan soʻng, Latviya sport ta'limi akademiyasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, akademiyaning imkoniyatlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar, dars jarayonlarining guvohi boʻldilar.
29 iyun , 2022
28 iyun , 2022
27 iyun , 2022
27 iyun , 2022
26 iyun , 2022
26 iyun , 2022
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi