Xabaringiz bor, joriy yilning 4 – 12-iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Server Ibragimov dastlab, erkakalar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan o‘q otish bahslarida 200.7 ochko yig‘ib, bronza medaliga, 10 metrlik pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erishgan bu natijalari bilan hamyurtimiz 2024-yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.
Yana shuni alohida qayd etish kerakki, Server Ibragimov Parij – 2024 ga yo‘llanma olgan ilk O‘zbekistonlik sportchiga aylandi.