Joriy yilning 11-iyun kuni yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yurtga sadoqat hamda harbiylarimizga bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish maqsadida universitetimizning Paralimpiya fakulteti talabalari professor-o‘qituvchilar boshchiligida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan 07894-sonli harbiy qismga tashrif buyurdilar.
Tashrif jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan talabalarga harbiy qurol-yarog‘ va transport vositalari haqida ma’lumotlar berildi.
Yakunda esa talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, harbiy qismdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.