2026-yil 26-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida payshanba-yoshlar kuni doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
⚡️Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli salbiy holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi. Rahbarlar tomonidan talaba-yoshlarni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va sog‘lom turmush tarziga amal qilish ruhida tarbiyalash muhim ekani alohida ta’kidlandi.
➡️Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
📕Mazkur ochiq muloqot yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.