➡️Joriy yilning 26-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda harbiy-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.
➡️Musobaqa 4 ta shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zaro kuch va mahorat sinovida bellashdilar.
👦100 metrga yugurish natijalari (o‘g‘il bolalar):
1-o‘rin – Abdumutalov Isaxon (11.60 soniya)
2-o‘rin – Aktamov Tohir (11.90 soniya)
3-o‘rin – Odilov Oybek (12.00 soniya)
👧Qizlar o‘rtasida:
-o‘rin Boboqulova Gulsevar (13.00 soniya)
2-o‘rin – Xamroyeva Rayxona (13.05 soniya)
3-o‘rin – Tolibboyeva Jazira (14.00 soniya)
👦Turgan joydan uzunlikka sakrash (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Aktamov Tohirjon (2.80 m)
🥈-o‘rin Xoshimov Mirkomil (2.80 m)
🥉-o‘rin Mematov Behzod (2.74 m)
👧Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Boboqulova Gulsevar (2.35 m)
2-o‘rin – Qosimova Noila (2.26 m)
3-o‘rin – Kamolova Shabnam (2.18 m)
Granata uloqtirish (qizlar):
🥇-o‘rin Hamidova Madina (33.02 m)
🥈-o‘rin Xamroyeva Rayxona (32.62 m)
🥉-o‘rin Kamolova Shabnam (32.04 m)
👦Granata uloqtirish (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Avmadjonov Ulug‘bek (49.93 m)
🥈-o‘rin Xusanboyev Sardor (49.26 m)
🥉-o‘rin Mematov Behzod (46.26 m)
👦Turnikda tortilish (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Mo‘minov Ismoiljon
🥈-o‘rin Esanboyev Avazbek
🥉-o‘rin Azimov Maxmudjon va Jo‘rayev Yahyobek
Qizlar o‘rtasida:
🥇-o‘rin O'rinboyeva Gulyuz
🥈-o‘rin Boboqulova Gulsevar
🥉-o‘rin Xamroyeva Rayxona
🎊Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Ushbu tadbir talaba-yoshlarning jismoniy salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟡Musobaqani tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.