🗣25-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda B.T. Turusbekov nomidagi Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi rektori Yermek Tukeyev o‘rtasida oliygohlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida rasmiy shartnoma imzolandi.
✍️Mazkur kelishuv doirasida ikki tomonlama talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim va ilm-fan yo‘nalishlarida akademik mobillikni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
🔅Universitetlararo akademik mobillikni kengaytirish hamda ilmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 25-martidan 31-martiga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida maxsus “Ilmiy maktab” tashkil etildi.
💬Mazkur nufuzli tadbirda B.T. Turusbekov nomidagi Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasining talabalari, magistrantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda.
✅Hamkorlik dasturi doirasida tomonlar zamonaviy sport fani yutuqlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishni maqsad qilganlar.