O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Toshkent viloyati Sport boshqarmasi, viloyatdagi sport va oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida 2026-yil 9-mart kuni Piskent tumanidagi 34-umumta’lim o‘rta maktabida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tashabbusi hamda Toshkent viloyati Kurash federatsiyasi, shuningdek universitet sport klubi hamkorligida kurash bo‘yicha “Kelajak polvonlari” shiori ostida Piskent tumani birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
🟡Dastlab musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Bellashuvlar oldidan O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari yosh sportchilar oldida ko‘rgazmali chiqishlarni namoyish qilishdi. Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi.
🗣️10 ta vazn toifasida o‘tgan bahslarda 6 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi.
➡️Har bir vazn toifasi uchun o‘tkazilgan kurash musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
✔️Shuningdek, g‘olib kurashchilarga kurash yaktaklari topshirildi.