Oʻzbekistonda bayramlarning gʻoyaviy-maʼnaviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish boʻyicha Chora-tadbirlar dasturining 27-bandiga muvofiq, bolalar va yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda milliy hamda madaniy qadriyatlarning oʻrnini yanada mustahkamlash, ularda tarix, anʼana va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini oshirish maqsadida bayram tantanalari doirasida joriy yilning 2–7-mart kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan, “Tarannum”, “Yoshlik fasli” modalar namoyishi haftaligi yuqori saviyada ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda.
✅Mazkur haftalik doirasida milliy liboslarimizning betakror jozibasi, zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashgan an’anaviy qadriyatlar namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan chiqishlar yoshlarning estetik didini shakllantirish, milliy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
➡️Tadbir davomida ijodkor yoshlar o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etib, milliy liboslar orqali o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini keng targ‘ib etdilar.
➡️Milliy qadriyatlar – faxrimiz va kelajagimiz poydevoridir!