Bugun universitetning talaba yoshlari, tyutorlari hamda Fuqaro-mehnat muhofazasi, rejim va qo‘riqlash bo‘limi xodimlari Favqulodda vaziyatlar qoshidagi Fuqaro muhofazasi instituti simulyatsiya markazida bo‘lib, u yerdagi eng yirik favqulodda vaziyatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🌎Markaz mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlar, jumladan yong‘in hamda turli darajadagi yer silkinishlari sodir bo‘lgan vaqtda harakatlanish tartib-qoidalari haqida ma’lumotlar berilib, mazkur jarayonlar simulyatsiya tarzida amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.
🤝 Mazkur tashrif favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish hamda xavfsizlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.