2026-yil 21-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
💠Mazkur anjuman ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va erishilayotgan yutuqlarni amaliyotga joriy etish, fan sohalarini yanada rivojlantirish hamda sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.
✔️Anjumanning asosiy maqsadi tibbiy-biologik fanlarni o‘qitishdagi mavjud muammolarni o‘rganish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va bu borada soha olimlari hamda mutaxassislarini yagona ilmiy platformada birlashtirishdan iborat bo‘ldi.
💡Tadbir davomida:
⏩bolalar sportini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish;
⏩tibbiy-biologik fanlarni o‘qitish sifatini takomillashtirish;
⏩yosh sportchilar tayyorlash tizimidagi muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish;
⏩sport mashg‘ulotlarini tibbiy-biologik jihatdan ta’minlash;
⏩yosh sportchilarning funksional holatini baholash hamda jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayonlarini o‘rganish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
🤝Anjuman ilm-fan va sport integratsiyasini mustahkamlash, bolalar sportini rivojlantirish hamda yosh avlod salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim ilmiy maydon vazifasini o‘tadi.