2026-yil 25–28-fevral kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida O‘zbekiston chempionati bahslari start oldi.
✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 260 nafardan ortiq sportchilar 18 metr masofadan mix, olimpik raundi va jamoaviy dasturlar bo‘yicha shiddatli bahs olib bormoqdalar.
🗣 Musobaqa davomida mamlakatimizning eng kuchli merganlari aniqlanadi hamda terma jamoa safi uchun munosib nomzodlar saralab olinadi.