Ayni kunlarda universitetning KURASH sport zalida para dzyudo sport turi bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolarini nufuzli xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilgan.
💠33 nafar para dzyudochi jalb etilgan ushbu mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar rahbarligida olib borilmoqda. Jarayon davomida sportchilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda individual o‘sish va pasayish dinamikasini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✍️Mazkur yig‘inlar dual ta’lim tamoyillari asosida ham samarali tashkil etilib, universitetning kurash yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari ham jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Bu esa ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, murabbiylik va sport boshqaruvi bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📍Eslatib o‘tamiz, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 2026-yil 4-martga qadar davom etadi.