#Talabalar_amaliyoti
#O‘zDJTSU (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/35530)
👧Ma’lumki, 2026-yil 26-yanvardan 7-martga qadar universitetimizning Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya va sport), Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport) yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklining 3-bosqich talabalari, shuningdek Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun pedagogik hamda ishlab chiqarish amaliyotlari boshlandi.
➡️Jumladan, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasining 61010900 — Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli bo‘limlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tamoqdalar.
✔️Amaliyot jarayoni doirasida Sport vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Maxammadiyev Akmal Axtamovich talabalar bilan uchrashuv o‘tkazib, ishlab chiqarish amaliyoti davomida rioya etilishi lozim bo‘lgan asosiy talablar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi. Xususan, vazirlikda rasmiy va ozoda kiyinish, amaliyotga belgilangan vaqtda kelish, ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish, mas’uliyat va intizomni saqlash, shuningdek topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhimligi alohida ta’kidlandi.
✔️Shuningdek, talabalar xizmat odobi va kasbiy madaniyatga rioya etgan holda, o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishlari zarurligi qayd etildi.
🔽Bizni kuzatishda davom eting!
✈️ Telegram (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 Instagram (https://instagram.com/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 You Tube (https://www.youtube.com/@uzdjtsu_rasmiy) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz) | 📱 X (https://x.com/uzdjtsu_rasmiy)