2026-yil 16-fevral kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor Sh.Gaziyev hamda Qo‘shma taʼlim dasturlari, magistratura va horijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, professor G.Asatova boshchiligida B.T. Turusbekov nomidagi Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi prorektori, professor N.Abdibekova bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xususan, talabalar, magistrantlar va doktorantlar (PhD) uchun akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining xorijiy stajirovkalari orqali malakasini oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
🧾Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda Scopus va Web of Science kabi xalqaro nufuzli bazalarga kiruvchi jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Toshkent va Issiq-Ko‘l shaharlarida xalqaro yozgi va qishki ilmiy maktablarni tashkil etish rejalashtirildi.
✅Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarining akademik mobillik ko‘rsatkichlarini yuksaltirishga hamda nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.