🇺🇿Hozirgi kunda Angren shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tizimli va samarali yetkazishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
✔️Mazkur tadbirlar doirasida yuzma-yuz muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy g‘oyalari, ijtimoiy-siyosiy ahamiyati hamda 2026-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar keng jamoatchilik e’tiboriga batafsil yetkazildi.
🌎Ushbu targ‘ibot tadbirlarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, S.Adilov faol ishtirok etib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishga hamda ularning amaliy ahamiyatini aholiga yetkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.