🇺🇿2026-yil 21-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini Toshkent viloyatida samarali tashkil etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi, Chirchiq shahar hokimligi, Nuroniy jamg‘armasi Chirchiq shahar bo‘limi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
✅Tadbirda universitet talabalari, Xaydar Maqsudov, Mirzo Ulug‘bek va Vohid Xaydarov mahallalarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar, kambag‘allik reestrida turgan fuqarolar, ishsizlar, ajrim yoqasidagi hamda notinch oilalar a’zolari bilan bir qatorda shahardagi faol nuroniylar, Buvijonlar maktabi a’zolari va Afg‘on veteranlari uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.
🗣️Uchrashuv davomida quyidagi masalalar yuzasidan keng tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati;
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruza mazmuni;
🔘O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 586-sonli qarori talablari (maromiylik, to‘ylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni tartibga solish);
🟣Mahallalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash hamda notinch oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar;
🟡Respublikamizda 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilayotgan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining mazmun-mohiyati.
➡️Tadbir “Biz yoshlar jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” shiori ostida o‘tkazilib, yakunida faol va tashabbuskor yoshlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.