2025-yil 16–17-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan og‘ir atletika bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
🩺Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, og‘ir atletika sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchi-talabalarni aniqlash hamda ularning sport mahoratini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
⚡️Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘z vazn toifalarida kuch, texnika va irodani namoyon etib, keskin va murosasiz bahslar olib bordilar.
🏋️♂️ Erkaklar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar
➡️61 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Xoshimov Mirkamol
🥈-o‘rin — Ergashev Rahmonali
🥉-o‘rin — Ergashev Nodir
➡️73 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Bozorov Serob
🥈-o‘rin — Maxamadjonov Sarvar
🥉-o‘rin — Xusniddinov Nizomiddin
➡️89 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Bazarbayev Shaxzod
🥈-o‘rin — Abduhamidov Abimumin
🥉-o‘rin — Xushnudov G‘olib
➡️96 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Irisboyev Ruslan
🥈-o‘rin — Erkinboyev Diyor
🥉-o‘rin — Shirinov Shaxzod
➡️+96 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Abdurashidov Nurbol
🥈-o‘rin — Yo‘lchiyev Joxongir
🥉-o‘rin — Mirxakimov Javlon
🏋️♀️ Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar
➡️45 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Abdurazikova Madina
➡️64 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Allanazarova Madina
🥈-o‘rin — Sodiqjonova Marjona
🥉-o‘rin Botirova Jasmina
➡️76 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Kirgizbayeva Umida
💠+76 kg vazn toifasi
🥇-o‘rin — Xursanova Niginabonu
🗣️Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ta’kidlanganidek, bunday sport musobaqalari talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni yuksak sport natijalari sari ruhlantirish hamda universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.