O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat.
📑 Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet jamoasi barcha vatandoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan chin dildan muborakbod etadi! 🇺🇿
🔰 Maʼlumki, har bir xalqning Konstitutsiyasi uning o‘ziga xos madaniyati, shart-sharoiti va qadriyatlarini aks ettiradi. Qolaversa, Konstitutsiya har bir fuqaroning umumjahon huquqlarini belgilovchi va himoya qiluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Bu ulug‘ kun mamlakatimizda hamjihatlik, adolat va qonun ustuvorligi muhimligini eslatadi.
🎊Qadrli yurtdoshlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami muborak bo‘lsin! Barchangizga sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Har bir kun sizga quvonch, ishonch va yangi yutuqlar olib kelsin!