Bugun, 2025-yil 8-dekabr kuni Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Universitet talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🗣Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana — 8-dekabr bayrami munosabati bilan o‘tkazilib, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni zararli odatlardan himoya qilishni maqsad qildi.
🏆Shiddatli kechgan bahslarda
🥇Jismoniy madaniyat jamoasi faxrli 1-o‘rinni,
🥈Futbol jamoasi 2-o‘rinni,
🥉Milliy kurash jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.