2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida gimnastika sport turi bo‘yicha “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlangan universitet ochiq chempionati tashkil etildi.
🏅 Musobaqada jami 100 nafar sport gimnastikachilari — o‘g‘il bolalar va qizlar — turnik, qo‘shpoya, xalqa, erkin mashqlar, dastakli ot, tayanib sakrash (o‘g‘il bolalar) hamda erkin mashqlar, baland-past qo‘shpoya, tayanib sakrash va yakka cho‘p (qizlar) yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆 G‘olib va sovrindorlar:
1-bosqich qizlar o‘rtasida:
🥇 Abatbayeva Guljahon
🥈 Bobomurodova Shabbona
🥉 Raimjonova Mubina
1-bosqich o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 Zohidjonov Aziz
🥇 Maxmudov Muxammadali (1-o‘rin bo‘yicha teng natija)
🥈 Mirzamahmudov Johongirmirzo
🥉 Mahmudov Otabek
2-bosqich talabalar o‘rtasida:
🥇 Bozorboyev Muhammadqodir
🥈 Olimov Asadullo
🥈 Rixsiboyev Abror (teng natija)
🥉 Siytimov Javohir
Musobaqada shuningdek Chirchiq, Toshkent va Olmaliq shahar sport maktablari tarbiyalanuvchilari universitet talabalari bilan bir qatorda ishtirok etishdi. Bellashuvlar yosh gimnastikachilarda katta taassurot qoldirdi.
🎉 G‘oliblarni muborakbod etamiz va barcha ishtirokchilarga kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!